Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
Huawei tarmoqlar, bulutli texnologiyalar va SI sohasidagi asosiy innovatsiyalarini ICT Week Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida namoyish etadi
Huawei kompaniyasi 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston AKT sohasining muhim tadbirlaridan biri — ICT Week Uzbekistan 2026da ishtirok etmoqda.
Bu yil Huawei Golden Partner maqomida Advancing All Intelligence umumiy mavzusi ostida o‘zining texnologiya va yechimlarini namoyish etmoqda. Kompaniya ekspozitsiyasida zamonaviy aloqa tarmoqlari, bulutli texnologiyalar, hisoblash infratuzilmasi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalari, shuningdek, ularning iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy qo‘llanilishiga oid yechimlar namoyish etilgan.

Raqamli infratuzilmadan — intellektual iqtisodiyot sari
22-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim ICT Expo ko‘rgazmasi, forumlar va sohaviy muhokamalarni o‘z ichiga olgan to‘rt kunlik tadbirlarga start berdi. Ochilish marosimida Huawei kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Van Tsi (Wang Qi) tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi. U O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning jadal rivojlanib borayotgani hamda sun’iy intellektning iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va kundalik hayotdagi roli tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

“Bugungi kunda sun’iy intellekt biznes, davlat va jamiyat uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. O‘zbekiston raqamli infratuzilmani faol rivojlantirib, 5G, raqamli xizmatlar va sun’iy intellektni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Huawei ushbu rivojlanish yo‘lini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan faxrlanadi. Biz aloqa operatorlari, davlat tashkilotlari, biznes vakillari va hamkorlarimiz bilan birgalikda tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, hisoblash quvvatlari va sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni davom ettiramiz. Ishonamizki, O‘zbekiston raqamli rivojlanishining keyingi bosqichi texnologiyalar, iste’dodlar, innovatsiyalar va mustahkam hamkorlikka asoslanadi”, — dedi Van Tsi.
Advancing All Intelligence: yagona texnologik asos
ICT Week davomida Huawei ko‘rgazma hududiga tashrif buyuruvchilar intellektual iqtisodiyotning texnologik asosini shakllantiruvchi yechimlar bilan tanishishlari mumkin. Ular yuqori tezlikdagi aloqa va korporativ tarmoqlardan tortib, bulutli texnologiyalar, hisoblash infratuzilmasi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va sun’iy intellektgacha bo‘lgan keng yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Asosiy yo‘nalishlardan biri — aloqa infratuzilmasini rivojlantirish. Huawei kompaniyasi 5G va 5.5G, simli va to‘liq optik tarmoqlar, Microwave, IP hamda magistral tarmoqlar sohasidagi yechimlarini namoyish etmoqda. Ushbu yechimlardan foydalanish operatorlarning tarmoq o‘tkazuvchanligini oshirish, tarmoq samaradorligini yaxshilash hamda infratuzilmani ma’lumotlar hajmining jadal o‘sishi va yangi intellektual xizmatlarning rivojlanishiga tayyorlash imkonini beradi.
Korporativ segment uchun AirEngine Wi-Fi 7, CloudEngine, SD-WAN va tarmoqlarni intellektual boshqarish yechimlari taqdim etilgan. Ular kampuslar, korxonalar, filiallar va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun yuqori unumdor infratuzilmani yaratishga mo‘ljallangan.
Ekspozitsiyaning alohida yo‘nalishi intellektual videokuzatuvga bag‘ishlangan. Zamonaviy kameralar, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va videoanalitika vositalari axborotni tezroq olish va tahlil qilish, shuningdek, undan xavfsizlikni ta’minlash va operatsion jarayonlar samaradorligini oshirishda foydalanish imkonini beradi.

Bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar va sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt davrida hisoblash quvvatlari va ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. ICT Week doirasida Huawei bulutli va hisoblash texnologiyalari, OceanStor ma’lumotlarni saqlash tizimlari, shuningdek, zamonaviy AI infratuzilmasini yaratish uchun mo‘ljallangan yechimlarini namoyish etmoqda.
Huawei Cloud yagona platformada hisoblash resurslari, ma’lumotlarni saqlash, tarmoq infratuzilmasi, xavfsizlik vositalari va sun’iy intellekt xizmatlarini birlashtiradi. Bu tashkilotlarga raqamli xizmatlarni tezroq ishga tushirish va zarur resurslarni kengaytirish imkonini beradi. Huawei kompaniyasining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash yechimlari, jumladan, muhim tizimlar hamda katta hajmdagi AI yuklamalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Bulutli texnologiyalar, hisoblash quvvatlari va ma’lumotlarni saqlash tizimlari birgalikda ortib borayotgan ma’lumotlar hajmi bilan ishlash hamda yangi intellektual ilovalarni joriy etish uchun mustahkam asos yaratadi.

Texnologiyalardan real sohaviy ssenariylargacha
Ekspozitsiyaning muhim qismi texnologiyalarning iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan.
Moliya sohasida Huawei bank xizmatlari uchun ishonchli raqamli infratuzilmani yaratishga yondashuvini namoyish etmoqda. Tarmoqlar, hisoblash resurslari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt zamonaviy moliyaviy platformalarning barqaror ishlashi uchun texnologik asosni shakllantiradi.
Transport va logistika sohasida tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar va sun’iy intellektning integratsiyasi aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari va boshqa transport tizimlari uchun intellektual infratuzilmani yaratishga yordam beradi.
Chakana savdo uchun ulanish imkoniyatlari, bulutli texnologiyalar, intellektual videokuzatuv va ma’lumotlar tahlilini birlashtiruvchi ssenariylar taqdim etilgan. Bunday texnologiyalar do‘konlar va raqamli kanallarni o‘zaro bog‘lash, jarayonlarni optimallashtirish hamda mijozlar uchun yangi tajriba yaratishga yordam beradi.
Yana bir yo‘nalish — media va raqamli kontent. Yuqori tezlikdagi tarmoqlar, bulutli infratuzilma, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va intellektual vositalar jonli efirlarni ta’minlash, kontentni real vaqt rejimida qayta ishlash va auditoriya bilan o‘zaro aloqaning yangi raqamli formatlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Shu tariqa, Huawei ekspozitsiyasi ulanish va ma’lumotlarni uzatishdan tortib, ularni saqlash, qayta ishlash va sun’iy intellekt yordamida amaliy qo‘llashgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni namoyish etadi.
Raqamli hayot uchun aqlli qurilmalar
Aqlli qurilmalar va ilg‘or texnologiyalar ixlosmandlari uchun kompaniya taqiladigan qurilmalar, planshetlar va smartfonlar, jumladan, o‘zining flagman smartfonlar to‘plamini namoyish etmoqda. Bu to‘plam professional darajadagi mobil suratga olish imkoniyatlari, yuqori unumdorlik, o‘ziga xos dizayn va innovatsion shakl va ko‘rinishga urg‘u beruvchi Pura 90s seriyasidan tortib, yangi buklanuvchi formatdagi HUAWEI Pura X Max modellarigacha bo‘lgan qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Huawei Device zonasida tashrif buyuruvchilar 200 megapikselli telefoto obyektiv va 10 karrali gibrid zumga ega flagman Pura 90s Pro Max hamda 50 megapikselli asosiy kameraga ega Pura 90s Pro modellarining imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Shu bilan birga, buklanuvchi qurilmalar turkumi buklanuvchi smartfonlar formatiga nisbatan yangicha yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.

Texnologiyalar uchun iste’dodlar kerak
Texnologik infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, Huawei O‘zbekistonda iqtidorli kadrlarni tayyorlashga ham sarmoya kiritishda davom etmoqda. ICT Week doirasida kompaniya Huawei ICT Academy ta’lim imkoniyatlarini, shuningdek, talabalar uchun Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanlovining yangi mavsumini taqdim etmoqda. Tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangan. Oktyabr oyida rejalashtirilgan ICT Competition Roadshow doirasida Huawei vakillari mamlakatning yetakchi texnologik universitetlarida uchrashuvlar o‘tkazadi. Talabalar ushbu uchrashuvlarda xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatlari hamda tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, hisoblash tizimlari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Huawei, shuningdek, “5 Million AI Leaders” milliy tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Kompaniyaning ta’lim resurslari, jumladan, sun’iy intellekt bo‘yicha materiallari zamonaviy raqamli bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Future Intelligence Forum: sun’iy intellekt salohiyatidan amaliy natijagacha
Huawei kompaniyasining ICT Week doirasidagi dasturining markaziy tadbirlaridan biri — Future Intelligence Forum 23-sentabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha ko‘rgazma pavilyonining 3-zalida bo‘lib o‘tadi. Forumda davlat organlari, texnologik kompaniyalar, biznes vakillari, akademik va ekspert hamjamiyatlari vakillari jamlanib, O‘zbekistonda sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning navbatdagi bosqichini muhokama qiladilar.
Muhokamaning markazida amaliy masala turadi: sun’iy intellekt salohiyatini davlat, biznes va jamiyat uchun real qiymatga qanday aylantirish mumkin?
Dastur milliy AI ekotizimini rivojlantirish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish, elektron tijorat, AI’ni joriy etish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va mahalliy texnologik yechimlar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Future Intelligence Forum O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT ta’lim assotsiatsiyasi ko‘magida Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda — O‘zbekiston uchun
Huawei kompaniyasining ICT Week Uzbekistan 2026dagi ishtiroki kompaniyaning mahalliy bozorda uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirilgan yondashuvini aks ettiradi. Bu yondashuv infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tajriba almashish, hamkorlik ekotizimini qo‘llab-quvvatlash va AKT sohasining yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashni qamrab oladi. Huawei O‘zbekistonda 26 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda va tarmoqlar, bulutli hamda hisoblash infratuzilmasi, sun’iy intellekt va raqamli iste’dodlarni rivojlantirishni mamlakat raqamli transformatsiyasining navbatdagi bosqiridagi o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlar sifatida ko‘radi.